Prezidentning 8-sentabrdagi qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali tashkil etiladi.

Qarorga ko‘ra, filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida muhandislik sohasida innovatsion yondashuvlarni qo‘llay oladigan, chuqur ilmiy-texnik bilimlarga ega yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hamda fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish belgilangan.

Filialda ta’lim faoliyati 2026/2027 o‘quv yilidan boshlanadi. Talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, 2025/2026 o‘quv yilidan Moskva davlat texnika universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Categorized in:

Mahalliy, Yangiliklar,

Last Update: 18/09/2025