O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar—oktyabr oylarida mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarda 231 kishi vafot etdi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hisobot davrida respublikada 771 ta mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisa qayd etilgan. Shundan 38 tasi guruhiy, 542 tasi og‘ir oqibatli, 189 tasi o‘lim bilan tugagan. 2025-yilning shu davriga nisbatan bunday hodisalar soni 15,9 foizga oshgan.

Baxtsiz hodisalar oqibatida jami 847 kishi jabrlangan. Ularning:

  • 486 nafari og‘ir jarohatlangan;
  • 30 nafari yengil jarohatlangan;
  • 231 nafari vafot etgan.

Eng ko‘p baxtsiz hodisalar sanoat-ishlab chiqarish sohasida — 259 ta, qurilishda — 217 ta qayd etilgan. Shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatishda 36 ta, transport-logistikada 26 ta, qishloq va suv xo‘jaligida 23 ta, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda 23 ta, ta’limda 18 ta hamda boshqa sohalarda 169 ta hodisa aniqlangan.

Hududlar kesimida eng ko‘p baxtsiz hodisa Toshkent shahrida qayd etilgan — 155 ta. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 106 ta, Qashqadaryo — 71 ta va Navoiy viloyati — 65 ta.

Baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga 16 mlrd 637 mln so‘m miqdorida bir yo‘la va oyma-oy to‘lanadigan zarar pullari undirib berilgan.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 18/11/2026