O‘zbekiston Markaziy banki Fransiyaning Societe Generale va Janubiy Koreyaning Hana Bank banklari vakolatxonalarini akkreditatsiya qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Societe Generale vakolatxonasi O‘zbekiston moliya bozorini o‘rganish, davlat organlari, moliya tashkilotlari va xususiy sektor bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan.

1864-yilda asos solingan Societe Generale Yevropaning yirik bank-moliya guruhlaridan biri hisoblanadi. Bank dunyoning 58 ta mamlakatida faoliyat yuritadi.

Shuningdek, Hana Bank vakolatxonasi ham Markaziy bank tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Uning faoliyati O‘zbekiston moliya bozorini o‘rganish, davlat organlari va moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Hana Bank Janubiy Koreyaning yirik tijorat banklaridan biri bo‘lib, Hana Financial Group tarkibiga kiradi. Bank 2015-yil 1-sentyabrda Korea Exchange Bank bilan birlashgan.

Hana Bank jismoniy va yuridik shaxslarga bank xizmatlari, savdoni moliyalashtirish va boshqa moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi. U dunyoning 27 ta mamlakatida faoliyat yuritadi.

Categorized in:

Biznes, Mahalliy,

Last Update: 17/11/2026