Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Aleksey Erxov 17-sentyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, ikki tomonlama kun tartibini ilgari surish hamda barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Baxtiyor Saidov elchiga O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 17/09/2025