Navoiy viloyatida Damas haydovchisi 23 nafar bog‘cha bolasi va 2 nafar tarbiyachini mast holatda olib ketayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 15-sentabr kuni Navbahor tumanida sodir bo‘lgan. Nazorat tadbirlari davomida to‘xtatilgan avtomashinada 23 nafar bola va 2 nafar tarbiyachi bo‘lgani qayd etilgan.

Haydovchi maxsus uskuna yordamida ko‘rikdan o‘tkazilganda, uning mast holatda ekani aniqlangan. Shuningdek, fuqaroning haydovchilik guvohnomasi ham, transport vositasini boshqarish huquqi ham mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan.

Haydovchining o‘z so‘zlariga ko‘ra, “bir kun oldin charchaganligi sababli pivo ichganini” bildirgan.

Hozirda unga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 17/09/2025