Qatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi.

«Toshkent» avtovokzalidan Krasnodarga muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qatnovlar «Uzautotrans service» korxonasi tomonidan haftaning seshanba va juma kunlari Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Chipta narxi 900 ming so‘m etib belgilangan.

Ilk qatnov 8 aprel kuni bajariladi. Avtobus «Toshkent» avtovokzalidan soat 20:00 da jo‘nab ketadi.

Chiptalarni elektron shaklda avtoticket.uz sayti hamda UzBus mobil ilovasi orqali, shuningdek, «Toshkent» avtovokzali kassalaridan sotib olish mumkin.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 08/04/2025