Toshkent shahrining ikki tumani aholisiga bugun, 8-aprel kuni gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” GTF xabar berdi.

Unda aytilishicha, ta’mirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumanlarining quyidagi hududlariga 8-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Mirzo Ulug‘bek tumani (10:00 dan 18:00 gacha):

  • “Darxon”, “Katta Oltintepa” va “Oliyhimmat” MFY;
  • Aholi xonadonlari soni: 550 ta yerli xonadon, 7 ta ko‘p qavatli uy;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 11 ta.

Yakkasaroy tumani (11:00 dan 18:00 gacha):

  • “Shoxjahon” MFY;
  • Aholi xonadonlari soni: 9 ta ko‘p qavatli uy;
  • Ulgurji iste’molchilar soni: 8 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘radi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 08/04/2025