Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, sudya o‘z ish yurituvidagi iqtisodiy ishni kassatsiya instansiyasida Guliston shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ foydasiga hal qilib berish evaziga 3 600 AQSH dollari olganlikda gumonlanmoqda.

U huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Ma’lumotda ta’kidlanishicha, Oliy sud tomonidan sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, uni nopok kadrlardan tozalash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Xususan, sudya va xodimlar orasida noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish, shuningdek, korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan qat’iy choralar qo‘llashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 14/04/2026