Samarqand viloyatida bog‘cha tarbiyalanuvchisi suv havzasiga tushib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 5-iyun kuni Payariq tumanidagi “Sarbazor” mahallasida joylashgan “Yulduzcha” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi bog‘cha hududida favqulodda holatlarda foydalanish uchun qurilgan suv havzasiga tushib ketgan. Oqibatda bola vafot etgan.

Boshqarma xabarida qayd etilishicha, holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi marhum bolaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 15/06/2026