O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada 2025-yil 5-fevraldan boshlab nazorat ostidagi shaxslar reestri faoliyat yuritilayotganini ma’lum qildi.

Mazkur ro‘yxatga mamlakat hududida qonuniy asosga ega bo‘lmasdan yashayotgan barcha xorijiy fuqarolar, jumladan, o‘zbekistonliklar ham kiritiladi.

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, ushbu reestrga kiritilgan shaxslar 2025-yil 10-sentabrgacha o‘z maqomini rasmiylashtirishi yoki mamlakatdan chiqib ketishi shart.

Rossiyada istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘zlari ro‘yxatga kiritilgan-kiritilmaganini tekshirib ko‘rish tavsiya etiladi. Buning uchun Rossiya Ichki ishlar vazirligi yoki “Davlat xizmatlari” portali orqali onlayn murojaat qilish mumkin:

 mvd.ru/rkl
gosuslugi.ru/newsearch/reestr-kontroliruemyh-lic

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 05/09/2025