Buxoro shahrining 7-kichik dahasida 4-sentabr kuni soat 12:00 atrofida “Fayz binokor Oltiariq” MCHJning 5 nafar ishchisi markaziy kanalizatsiya tarmog‘iga ulash ishlari vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida kollektorga tushib ketdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Kuchli oqim ularni oqizib ketgan. Qidiruv chog‘ida Buxoro tumanidagi “Zarmanok” mahallasida joylashgan oqova suvlarni uzatish punktida 3 ishchining jasadi topildi, qolgan 2 nafar ishchini izlash ishlari davom etmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.