Soliq qoʻmitasi 2025-yilda Oʻzbekistonda soliqlarni ixtiyoriy toʻlash darajasi qanchaga yetganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, oʻtgan yilda respublika miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajarilishi 97 foizga yetgan. Bunda eng yaxshi koʻrsatkich, yaʼni 98 foiz yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha HSI (hududlararo soliq inspeksiyasi)da qayd etildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida soliqlarni ixtiyoriy toʻlash koʻrsatkichi 97 foiz boʻlgan boʻlsa, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida 96 foizni tashkil etgan.
Soliq turlari kesimida:
- yer qaridan foydalanganlik uchun soliq — 100 foiz;
- aksiz soligʻi — 98 foiz;
- QQS, foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq — 97 foiz;
- JShODS, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq — 96 foiz.