Toshkentda ko‘chmas mulk bozorida faoliyat yurituvchi Golden House Property Group MCHJ iste’molchilar huquqlarini cheklaydigan shartlar qo‘llagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda “Tanqid uchun jarima undirilishi qonuniymi?” degan murojaat keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. Murojaatda kompaniya bilan tuzilgan shartnomalarda iste’molchi o‘z tashabbusi bilan shartnomani bekor qilgan taqdirda yoki quruvchi faoliyatidan norozi bo‘lib, OAV yoki tegishli idoralarga murojaat qilgan hollarda shartnoma qiymatining 10 foizi miqdorida jarima undirilishi ko‘rsatilgani aytilgan.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijasida bu kabi shartlar iste’molchi huquqlarini cheklaydigan holatlar sifatida baholandi.

Shu munosabat bilan, qo‘mita “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 4, 6, 21 va 23-moddalariga asosan Golden House Property Group MCHJga qonun buzilishlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 31/10/2025