Prezidentning davlat byudjeti daromadlarini prognozlashtirish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Qarorga ko‘ra, 2026-moliya yilida davlat byudjeti daromadlari bo‘yicha choraklik prognoz ko‘rsatkichlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan daromad manbalari hamda hududlar kesimida Prezident administratsiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Shuningdek, ushbu prognozlarga vazirlik tomonidan administratsiya bilan kelishgan holda o‘zgartirish kiritish imkoniyati belgilanmoqda.
Prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlanganidan so‘ng uch ish kuni ichida tuman va shaharlar byudjet daromadlarining manbalar hamda choraklar kesimidagi ko‘rsatkichlari tegishli hokimlar qarori bilan ma’qullanadi. Bundan tashqari, 2026-yildan boshlab kelgusi moliya yili uchun davlat byudjeti daromadlari prognozini hisoblash Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan shaklda amalga oshiriladi.