“O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan aylanmadan olinadigan soliq to‘lovidan ilk marta QQS to‘loviga o‘tgan tadbirkorlarga quyidagi rag‘batlantirish choralari qo‘llanadi: 🔹 1 yil davomida foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilish; 🔹 1 yil davomida QQS to‘lovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qo‘yish tartibini buzganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llamaslik; 🔹 6 oy davomida buxgalteriya xizmatlari xarajatlarining har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3,5 baravaridan oshmagan qismini to‘layotgan soliq to‘lovlari hisobidan chegirib tashlash. 2026 yil 1 yanvardan soliq majburiyatlarini bajarishning quyidagi proaktiv tartibi joriy etiladi: 🔸 yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha soliq hisobotlarini shakllantirish vazifasi soliq organlariga o‘tkaziladi va ushbu majburiyat soliq to‘lovchilar uchun bekor qilinadi; 🔸 soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotlariga soliq to‘lovchi tomonidan 5 ish kunida zarur tuzatishlarni kiritish va tuzatish kiritilgan soliq hisobotini taqdim etish huquqi beriladi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 25/08/2025