Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat soat taxminan 07:00 larda Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 4-kilometrida sodir bo‘lgan.

Howo rusumli maxsus jihozlangan sement tashuvchi yuk avtomobili haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetida to‘xtab turgan Cobalt’ga urilib, shundan so‘ng ag‘darilib ketgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida maxsus jihozlangan sement tashuvchi yuk avtomobilida yong‘in kelib chiqqan. Shuningdek, yo‘l chetida harakatsiz turgan Cobalt’da bo‘lgan 1 nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 25/08/2025