Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonning Andijon shahrida Qirg‘iziston Bosh konsulligini ochish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Yangi konsullik Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarini qamrab oladi.

Bosh konsullikning asosiy vazifasi O‘zbekistonda yashayotgan Qirg‘iziston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularga konsullik xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi.

Vakolatxonaning ochilishi ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, Qirg‘iziston fuqarolari uchun konsullik xizmatlaridan foydalanishni qulaylashtirishga qaratilgan.

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasiga Bosh konsullikni ochish bilan bog‘liq tashkiliy va moliyaviy masalalarni hal qilish topshirildi. Tegishli qonunchilikni farmonga muvofiqlashtirish vazifasi ham yuklatildi.

Farmon 10 kundan keyin kuchga kiradi.

Categorized in:

Mahalliy, Yangiliklar,

Last Update: 10/11/2026