2026-yil yanvar—sentyabr oylarida 6 398 nafar O‘zbekiston fuqarosi doimiy yashash uchun xorijiy davlatlarga ko‘chib ketdi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning shu davriga nisbatan 2,3 baravar kam.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning dastlabki to‘qqiz oyida 8 374 kishi, 2025-yilning shu davrida esa 7 585 kishi xorijga ko‘chib ketgan. Shu tariqa so‘nggi yillarda mamlakatni tark etayotganlar soni kamayib bormoqda.
Yillik ko‘rsatkichlar ham bu tendensiyani ko‘rsatadi. 2016-yilda 28 069 kishi O‘zbekistondan xorijga ko‘chib ketgan bo‘lsa, keyingi yillarda raqamlar quyidagicha bo‘lgan:
- 2017-yil — 20 772 nafar;
- 2018-yil — 17 579 nafar;
- 2019-yil — 13 229 nafar;
- 2020-yil — 13 648 nafar;
- 2021-yil — 20 140 nafar;
- 2022-yil — 8 790 nafar;
- 2023-yil — 17 336 nafar;
- 2024-yil — 10 842 nafar;
- 2025-yil — 10 117 nafar.
Bundan oldingi davrda esa xorijga ko‘chib ketish ko‘rsatkichlari ancha yuqori bo‘lgan. Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2010-yilda 44 420 nafar, 2011-yilda 50 816 nafar, 2012-yilda 45 447 nafar, 2013-yilda 38 589 nafar, 2014-yilda 42 228 nafar va 2015-yilda 31 765 nafar kishi xorijga ko‘chib ketgan.