O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 10-mart soat 07:00 holatiga Yaqin Sharq davlatlaridan O‘zbekistonga qaytarilgan fuqarolar soni 25 047 nafarga yetdi.
Vazirlik axborotiga ko‘ra, vatandoshlar quyidagi mamlakatlardan olib kelingan:
-
21 017 nafar — Saudiya Arabistonidan;
-
3 555 nafar — Birlashgan Arab Amirliklaridan;
-
47 nafar — Erondan;
-
394 nafar — Qatardan;
-
27 nafar — Bahrayndan;
-
7 nafar — Ummondan.
Qayd etilishicha, fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish ishlari tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ayni paytda repatriatsiya jarayonlari asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq bo‘lgan davlatlar orqali tashkil etilmoqda.