Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi: 9 may (juma) – Xotira va qadrlash kuni, 10 may (shanba) – 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni, 11 may (yakshanba) – dam olish kuni.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ushbu kun munosabati bilan dam olish kunlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra:
- 9 may (juma) — Xotira va qadrlash kuni;
- 10 may (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
- 11 may (yakshanba) — dam olish kuni.
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun faqat juma va yakshanba dam olish kuni bo‘ladi.
Haftasiga 5 kun ishlaydiganlar esa 3 kun juma, shanba va yakshanba kunlari dam oladi.