Murojaat qilganlarda yurak va nafas olishdagi muammolar kuzatilgan. Rasmiylar aholini imkon qadar uydan chiqmaslikka chaqirdi.

Eron janubi-g‘arbidagi Xuziston viloyatiga yopirilgan qum bo‘ronlari sabab so‘nggi 24 soat ichida shifoxonalarga 802 kishi murojaat qildi. Bu haqda Tibbiyot fanlari universiteti rektori o‘rinbosari Meysem Muazi ma’lum qildi.

Uning ta’kidlanishicha, fuqarolar yurak va nafas olishdagi muammolar bilan murojaat qilgan.

«Ularning 92 nafari shifoxonaga yotqizilgan, qolganlariga tekshiruvlardan keyin javob berildi», — deydi u.

Muazi mahalliy aholini, ayniqsa, bolalar, homilador ayollar, keksalar va respirator kasalliklari bor odamlarni uydan chiqmaslikka chaqirdi.

Xuziston meteorologiya xizmati payshanba va juma kunlari qum bo‘ronlari kuzatilishi sabab «qizil darajadagi ogohlantirish» e’lon qilib, bu insonlar sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishidan ogohlantirgan edi.

Categorized in:

Dunyo,

Last Update: 05/05/2025