Firibgarlik jinoyatini sodir etganlik uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Xorvatiyadan ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Xorvatiya Interpol Milliy markaziy byurolarining muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasida mazkur fuqaro Zagreb shahridan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan. Ekstraditsiya jarayoni Interpol Zagreb Milliy markaziy byurosi bilan yaqin hamkorlikda, shuningdek O‘zbekistonning Vengriyadagi konsulligining har tomonlama ko‘magi bilan amalga oshirilgan.