Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida ko‘p kvartirali uylarning narxi sentyabr–oktyabr oylarida sezilarli darajada oshgan.

O‘rtacha hisobda bir kvadrat metr narxi oktyabr oyida sentyabrga nisbatan 13 foizga qimmatlashgan.

Sentyabr oyida bir kvadrat metr uchun o‘rtacha narx 14,7 million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, eng qimmati 58,5 million, eng arzoni esa 6,2 million so‘m bo‘lgan. Oktyabrda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 16,7 million, 96,1 million va 7,5 million so‘mni tashkil etdi.

Eng qimmat tumanlar:

  • Shayxontohur — 23,9 million so‘m,

  • Mirzo Ulug‘bek — 19,1 million so‘m,

  • Yunusobod — 17,1 million so‘m.

Eng arzon tumanlar:

  • Sergeli — 11,5 million so‘m,

  • Bektemir — 11,2 million so‘m,

  • Uchtepa — 13,6 million so‘m.

Avvalroq 2025-yil sentyabr oyida dollarning so‘mga nisbatan qadrsizlanishi tufayli Toshkentda uy-joy ijarasi narxlari ham oshgani ma’lum qilingandi. Bir xonali xonadonlarning oylik o‘rtacha ijara narxi 318 dollardan 334 dollarga ko‘tarilgan.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 30/10/2025