Toshkentda fuqaroni chet davlatga sotishga uringan ikki nafar ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Davlatobod tumani va Namangan shahrida yashovchi ayollar oldindan til biriktirib, turmushidan ajragan yosh ayollarni chet elga, xususan Turkiyaga noqonuniy yo‘l bilan olib chiqishga uringani haqida tezkor ma’lumot olingan.

Tezkor tadbir davomida ular Yangi Namangan tumanida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan qizni turli va’dalar va yolg‘on ma’lumotlar bilan ishontirib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Anqara shahriga yuborayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 19/02/2026