Uzbekistan Airports 2025-yil 1-yanvardan 30-avgustga qadar Toshkent xalqaro aeroportida jami 535 ta taqiqlangan buyum musodara qilinganini ochiqladi.
Qayd etilishicha, ular orasida sovuq qurollar (pichoqlar, xanjarlар, kastetlar), harbiy qurol-yarog‘ va ularga o‘xshash buyumlar, pirotexnika vositalari (paqildoq, bengal chiroqlari), gaz va qalampirli balloqlar, dubulg‘alar, elektroshokerlar, kimyoviy moddalar hamda ko‘p maqsadli qurilmalar (o‘yinchoqli to‘pponchalar, brelokli o‘qlar, shuningdek, dronlar) bor.
Aviatsiya xavfsizligi xizmati ta’kidlaganidek, mazkur buyumlarning aksariyati yo‘lovchilar va ekipaj xavfsizligi uchun potensial tahdid hisoblanadi. Hatto suvenirli o‘qlar yoki o‘yinchoq qurollar ham shubha uyg‘otishi, reys kechikishiga yoki samolyot bortida noxush holat yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shu munosabat bilan, yo‘lovchilarga taqiqlangan buyumlar ro‘yxati bilan oldindan tanishib chiqish, tashish qoidalariga qat’iy rioya qilish tavsiya etiladi.