Namangan viloyatining Chortoq va Uychi bekatlari o‘rtasida joylashgan qo‘riqlanmagan temir yo‘l kesishmasida 13-sentabr kuni yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Gentra rusumli avtomobil haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, yaqinlashib kelayotgan poyezd oldidan temir yo‘lni kesib o‘tishga uringan. Natijada avtomobil poyezd bilan to‘qnashgan.
Avtomobilda jami olti kishi bo‘lib, ulardan besh nafari ayol, bir nafari esa kichik yoshli bola ekani qayd etilgan. Kuchli to‘qnashuv oqibatida avtomashina salonidagi barcha shaxslar halok bo‘lgan.