Surxondaryo viloyati Uzun tumanida Nexia urib yuborgan 8 yoshli qizaloq vafot etdi. Bu haqda “Hudud” dasturida xabar berildi.
Maʼlum qilinishicha, 29 yoshli fuqaro Nexia-2 avtomobilini boshqarib kelib, yaqin atrofda maktab borligini ko‘rsatuvchi belgi bo‘lsa-da, tezlikni pasaytirmagan. Oqibatda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 yoshli qizaloqni urib yuborgan.
Holatga guvoh bo‘lgan qizaloqning dugonasi voqea haqida uning onasiga xabar bergan. Ayol yetib borganda farzandi shifoxonada vafot etgan bo‘lgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudida holat yuzasidan ish ko‘rib chiqildi.
Sud hukmi bilan haydovchi 2 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan holda 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.