Otabek Mavlonberdiyev Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda 9-dekabr kuni viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u tayinlovga qadar Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Sirdaryo viloyati filiali rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
Otabek Mavlonberdiyev yangi lavozimda 2023-yil avgustidan beri ushbu yo‘nalishda ishlagan Bekzod Ismatov o‘rnini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, 4-dekabr kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Erkin Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangan edi.