Qoraqalpog‘iston Respublikasida temiryo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan ayol poyezd urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 2026-yil 22-yanvar kuni Gidrouzel va Nukus stansiyalari oralig‘ida sodir bo‘lgan. Ayol temiryo‘lni o‘tish uchun mo‘ljallanmagan hududdan kesib o‘tishga uringan va yo‘lovchi poyezdi ostida qolgan.

Qayd etilishicha, jabrlanuvchi yo‘l harakati qoidalarini buzgan va o‘z xavfsizligiga yetarli darajada e’tibor bermagan. Ayni paytda mas’ul xizmatlar hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” fuqarolarga temiryo‘llarni faqat belgilangan joylardan kesib o‘tish zarurligini yana bir bor eslatgan. Xabarda hodisa qaysi yo‘nalishda harakatlangan yo‘lovchi poyezdi ishtirokida sodir bo‘lgani aniqlashtirilmagan.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 23/01/2026