O‘zbekistonda 2025-yil 9-sentyabrdan boshlab yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lovchi poyezdlar tezligi oshiriladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tezlik oshirilishi sabab quyidagi poyezdlar bekatga kirib kelish vaqtlari qisqartirildi:

710-sonli Toshkent Markaziy—Buxoro yo‘nalishi: (harakatlanish vaqti 20 daqiqaga qisqargan)

  • Toshkent Markaziy 08:40 — Samarqand 11:45-11:55 — Buxoro 14:10

709-sonli Buxoro — Toshkent Markaziy yo‘nalishi:(harakatlanish vaqti 70 daqiqaga qisqargan)

  • Buxoro 16:55 — Samarqand 19:10-19:20 — Toshkent Markaziy 22:47

716-sonli Toshkent Markaziy — Qarshi yo‘nalishi: (harakatlanish vaqti 3 daqiqaga qisqargan)

  • Toshkent Markaziy 08:55 — Samarqand 12:16-12:26 — Qarshi 13:55

715-sonli Qarshi — Toshkent Markaziy yo‘nalishi:(harakatlanish vaqti 44 daqiqaga qisqargan)

  • Qarshi 18:25 — Samarqand 19:54-20:07 — Toshkent Markaziy 23:35

712-sonli Toshkent Markaziy — Buxoro yo‘nalishi:(harakatlanish vaqti 10 daqiqaga qisqargan)

  • Toshkent Markaziy 20:20 — Samarqand 23:39-23:58 — Buxoro 02:30

711-sonli Buxoro — Toshkent Markaziy yo‘nalishi:(harakatlanish vaqti 20 daqiqaga qisqargan)

  • Buxoro 05:15 — Samarqand — 07:39-08:05 — Toshkent Markaziy 11:54

126/125-sonli Xiva — Andijon yo‘nalishi: (harakatlanish vaqti 10 daqiqaga qisqargan)

  • Xiva 15:15 — Toshkent janubiy 05:10-05:40 — Andijon 11:58

57-sonli Shovot — Toshkent janubiy yo‘nalishi:

  • Shovot 16:21 — Toshkent janubiy 07:02

731-sonli Andijon — Toshkent markaziy yo‘nalishi:

  • Andijon 06:11 — Toshkent markaziy 12:38

771-sonli Buxoro — Toshkent markaziy  yo‘nalishi:

  • Buxoro 03:15 — Toshkent markaziy 07:29

6418 -sonli Toshkent janubiy — Sirdaryo yo‘nalishi:

  • Toshkent janubiy 19:57 — Sirdaryo 22:01

6454 -sonli Toshkent janubiy — Xavast yo‘nalishi:

  • Toshkent janubiy 18:55 — Xavast 22:35

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ iyun oyining o‘rtalarida jazirama issiq tufayli relslarda harorat ko‘tarilishi sababli shaharlararo poyezdlar harakati tezligi cheklanishini ma’lum qilgandi. Tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar harakat jadvalida ko‘rsatilgan vaqtdan kechroq manzilga yetib borishi mumkinligi bildirgandi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 13/08/2025