Andijon aeroporti xalqaro reyslarni qabul qilishni qayta tikladi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mart oyida keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng foydalanishga topshirilgan Andijon aeroporti 12-avgust kuni o‘zining ilk xalqaro parvozini amalga oshirdi. Birinchi yo‘nalish Flyone Asia mahalliy aviakompaniyasining Andijon—Jidda—Andijon yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga ikki marta — seshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladigan muntazam reysi bo‘ldi. Bortida 151 yo‘lovchi bo‘lgan Q72261 reysi manziliga uchib ketdi.

Bugungi kunda Andijondan Toshkentga ham muntazam qatnovlar Silk Avia (dushanba va payshanba kunlari) va Uzbekistan Airways tomonidan (chorshanba va shanba kunlari) amalga oshirilmoqda.

Andijon xalqaro aeroporti 2023-yilning 1-apreldan boshlab aerodrom qoplamasini rekonstruksiya qilinishi tufayli aviaparvozlar uchun vaqtincha yopilgandi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 13/08/2025