2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 373 389 ta tirik tug‘ilish qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Tug‘ilishlar otalarning yosh guruhlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- 25 yoshgacha — 34 526 nafar;
- 25–39 yosh — 309 182 nafar;
- 40–59 yosh — 29 403 nafar;
- 60–69 yosh — 249 nafar;
- 70 yosh va undan katta — 29 nafar.
Shunday qilib, joriy yilning dastlabki olti oyida 60 yoshdan oshgan 278 nafar erkak ota bo‘lgan. Ularning 29 nafari 70 yosh va undan katta bo‘lgan.
Taqqoslash uchun, 2026-yilning yanvar-mart oylarida 191 086 ta tirik tug‘ilish qayd etilgan. Shundan 162 nafar bolaning otasi 60 yosh va undan katta bo‘lgan, 14 nafar erkak esa 70 yoshdan oshganida farzandli bo‘lgan.
2025-yil davomida O‘zbekistonda jami 879 599 ta tirik tug‘ilish ro‘yxatga olingan. O‘sha yili 60 yoshdan oshgan 638 nafar erkak ota bo‘lgan, ularning 48 nafari 70 yoshdan oshganida farzandli bo‘lgan.