O‘zbekistonda kredit byurolarining axborot tizimlarida kiberxavfsizlikni ta’minlashga doir yangi talablar belgilandi.

Adliya vazirligida 23-sentabr kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Kredit byurolarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, endilikda kredit byurolarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash xizmati tashkil etiladi.

Shuningdek, kredit byurolari axborot xavfsizligiga oid ichki siyosat ishlab chiqishi va uni Markaziy bank bilan kelishishi lozim bo‘ladi.

Mazkur sohada nazoratni kuchaytirish maqsadida Markaziy bank kredit byurolari faoliyatida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik darajasini baholash bo‘yicha reyting axborot tizimini yuritadi.

Bundan tashqari, kredit byurolarida ma’lumotlarning ruxsatsiz uzatilishi va tarqalishidan himoyalash uchun DLP (Data Loss Prevention) tizimini joriy etish majburiy hisoblanadi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 24/09/2025