Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga koʻra, joriy yilning oʻtgan davrida Majburiy ijro byurosi tomonidan fuqarolar manfaatlarini taʼminlash maqsadida 46 mingdan ortiq ijro hujjati yakunlab, 214,3 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ undirildi.
Xususan, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan uy-joylari, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa inshootlari uchun hokimliklardan kompensatsiya undiruvi bilan bogʻliq 38 ta ijro ishida 3,6 milliard soʻm undirib berildi.
Bundan tashqari, 1 044 nafar fuqaro foydasiga 214,3 milliard soʻmlik mablagʻlar, jumladan, 7,7 milliard soʻmdan ziyod ish haqlari hamda 26,9 milliard soʻmlik yetkazilgan zarar mablagʻlari undirib berilishi taʼminlandi.