O‘zbekistonda kartoshka chipslari uchun aksiz solig‘i joriy etilishi mumkin. Bu taklif Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2026—2028-yillar uchun taqdim etilgan byudjetnomada keltirilgan.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab iste’molga tayyor 1 kilo kartoshka chipslari uchun 15 ming so‘m miqdorda aksiz solig‘ini joriy etish taklif etilmoqda. Ushbu aksiz solig‘i kartoshka chipslarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar va O‘zbekiston hududiga tovarlarni olib kiruvchilar tomonidan to‘lanishi belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur taklif Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ortiqcha vaznga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining sog‘lom ovqatlanishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan va bu bo‘yicha boshqa davlatlar tajribalari o‘rganilgan.

Shuningdek, 2026-yil 1-apreldan boshlab tarkibida shakar yoki shirinlashtiruvchi modda mavjud boʻlgan ichimliklar boʻyicha tarkibidagi shakar moddasining miqdoriga qarab progressiv tartibda soliqqa tortish taklif etilmoqda.

Xususan, tarkibida shakar boʻlgan 100 ml ichimliklardagi shakar miqdori:

• 5 grammgacha boʻlganda — 1 litri uchun 500 soʻm (amaldagi stavka);

• 5 grammdan 10 grammgacha boʻlganda — 1 litri uchun 515 soʻm;

• 10 grammdan yuqori boʻlganda — 1 litri uchun 535 soʻm.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 26/11/2025