Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-oktyabr holatiga O‘zbekiston hududining har bir kvadrat kilometriga o‘rtacha 84,8 kishi to‘g‘ri keladi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 kishiga ortgan. So‘nggi besh yil davomida aholining maydonga nisbatan zichligi barqaror o‘sib bormoqda.
1 kvadrat kilometr maydonga to‘g‘ri keladigan aholi zichligi dinamikasi quyidagicha:
-
2021-yil — 78,1 kishi;
-
2022-yil — 79,8 kishi;
-
2023-yil — 81,5 kishi;
-
2024-yil — 83,2 kishi;
-
2025-yil — 84,8 kishi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, aholining o‘sishi natijasida mamlakatning turli hududlarida yashash zichligi farqi ham ortib bormoqda.