Respublikaning qator hududlarida kuchli yog‘ingarchiliklar kutilayotgani sababli sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, 14—17-aprel kunlari yog‘ingarchiliklar fonida tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelish xavfi mavjud.
Quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlari;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlari;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;
- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlari;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonabod shahri.
Mutaxassislar tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘radi.