O‘zbekiston 2026-yil yanvar–avgust oylarida 322,3 mln dollarlik gaz eksport qildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 34,8 foizga kamaygan.

Shu bilan birga, sakkiz oyda mamlakatga 1,21 mlrd dollarlik gaz import qilindi. Import hajmi bir yil avvalgiga nisbatan 15,2 foizga oshgan.

Import qilingan gaz tarkibida 124,3 mln dollar propan hissasiga to‘g‘ri kelgan. Uning importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 3,5 baravarga ko‘paygan.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 05/10/2026