O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasida 2025-yilning o‘tgan davrida yuzta nikoh rasmiylashtirildi.
Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, konsullik bo‘limi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish va rasmiylashtirish bo‘yicha xorijdagi O‘zbekiston elchixonalari orasida yetakchi o‘rinda turadi.
Joriy yil 10-oktyabr kuni O‘zbekiston fuqarolari Elyor Nuriddinov va Nilufarxon Nuriddinova o‘rtasidagi nikoh elchixonada rasmiylashtirildi. Ushbu nikoh elchixonada 2025-yilda qayd etilgan 100-nikoh bo‘ldi.