Eron dushmanlari mamlakatni beqarorlashtirish maqsadida fuqarolarning tinch norozilik namoyishlari kabi har qanday imkoniyatdan foydalanmoqda. Bu haqda Islom Respublikasi oliy rahnamosi Ali Xomanaiy bayonot berdi.

“Muhimi shundaki, norozilik bildirayotgan tadbirkorlar ortida islomga qarshi, Eron va hukumatga qarshi shiorlarni aytib, hayqirayotgan provokatorlar — dushman agentlari turibdi. Noroziliklar adolatli, ammo tartibsizlik emas. Biz namoyishchilar bilan muloqot qilmoqdamiz, amaldorlar ham ular bilan muloqot qilishi lozim, biroq isyonchilar bilan gaplashishning foydasi yo‘q. Isyonchilarni tinchitish kerak”, deya uning so‘zlarini keltiradi Eron davlat teleradiosi.

Xomanaiyning ta’kidlashicha, ba’zi guruhlarning turli bahonalar bilan oddiy tinch aholi va ularning noroziligidan foydalanib, mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun urinishlari mutlaqo nomaqbul hisoblanadi.

“Dushmanni tushunish kerak, dushman qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi, u har qanday imkoniyatdan foydalanadi”, deya qo‘shimcha qilgan Eron oliy rahnamosi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 03/01/2026