Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Erkin Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi.

Davlat rahbari yig‘ilishda viloyatga qat’iyatli, talabchan va eng muhimi, aholi hamda tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarga tezkor yechim topa oladigan rahbar kerakligini ta’kidladi.

Prezidentning aytishicha, Sirdaryoda yaqin bir-ikki yil ichida katta o‘sish va rivojlanish bo‘lishi uchun kuchli boshqaruv zarur.

Shu bois, aholi va tadbirkorlar fikri o‘rganilgani, mavjud nomzodlar ichidan Erkin Turdimovni hokim lavozimiga tavsiya etish maqsadga muvofiq deb topilgani bildirildi.
Sessiyada viloyat faollari fikri tinglandi va masala ovozga qo‘yildi. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Erkin Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Davlat rahbari yangi hokim oldiga aniq vazifalar qo‘ydi — kelgusi yilda viloyatni ilg‘or hududlardan biriga aylantirish uchun:
3 mlrd dollar investitsiya jalb qilish,
eksport hajmini 500 mln dollarga yetkazish,
185 ming nafar aholining bandligini ta’minlash kabi katta ko‘lamli rejalarni amalga oshirish lozimligi qayd etildi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 04/12/2025