Elektr ta’minoti korxonalari inspektorlari bodikamera bilan ishlayapti.

Elektr ta’minoti korxonasi va iste’molchi o‘rtasidagi munosabatlarda shaffoflikni ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida tizimni raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Hozirda «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Energosavdo» Samarqand filialida E-dalolatnoma rasmiylashtirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalariga 158 dona planshet ajratilgan.

Inspektorlar tomonidan har bir dalolatnoma ushbu planshetlar orqali tuzilib, tizimga kiritiladi. Qog‘oz dalolatnomalardan farqli ravishda har bir dalolatnomaning hisobi yuritiladi, uning ijrosi ta’minlanadi.

Bundan tashqari, hozirgi kunda Samarqand shahri va Samarqand tumanidagi inspektorlarga 54 ta bodikamera berilgan. Ularning iste’molchilar bilan muomala, muloqoti, joylarda o‘tkazgan o‘rganish ishlari ushbu kameralar orqali yozib olinadi.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 08/08/2025