Energetika vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil avgust oyida ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 4,1 mlrd so‘m kompensatsiya pullari moliyalashtirildi.

Prezident qaroriga muvofiq, elektr energiyasi bo‘yicha 150 kVt va tabiiy gaz bo‘yicha 150 kub metrgacha ortiq iste’mol qilingan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi narx va oshgan narx o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib berilmoqda.

Avgust oyida 1 mln 711 mingdan ortiq ehtiyojmand oilaning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Shundan 222 887 nafar oilaga jami 4,1 mlrd so‘m kompensatsiya pullari tayinlandi, jumladan:

  • elektr energiyasi uchun — 3 612,4 mln so‘m;

  • tabiiy gaz uchun — 552,7 mln so‘m.

Ma’lumot uchun, 2025-yilning may—avgust oylarida jami 350,6 ming oila bazaviy me’yordan ortiq iste’mol qilingan energiya uchun 17,3 mlrd so‘m kompensatsiya olgan.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 30/09/2025