Buxoro viloyat hokimligi ma’lum qilishicha, 2025-yil 5-sentyabrdan 15-oktyabrgacha bo‘lgan davrda hududda turizm sohasida sezilarli o‘sish qayd etilgan. Shu muddat ichida viloyatga 1 million 224,2 ming nafar sayyoh tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 baravar ko‘pdir. Sayyohlarning 570,8 ming nafari xorijiy, 653,4 ming nafari esa mahalliy bo‘lib, ularning soni mos ravishda 1,6 va 1,5 marta oshgan.

Qadimiy shaharda 5-sentyabrdan 15-oktyabrgacha o‘tkazilgan Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi ham sayyohlar oqimini yanada kuchaytirgan.

Viloyatdagi mehmonxonalarning bandlik darajasi 84 foizdan 92 foizgacha oshgan, sayyohlarning shaharda qolish muddati esa o‘rtacha 1,5 kunga uzaygan.

Mazkur davrda xorijiy turistlarga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 155,6 million AQSH dollarini tashkil etib, bu ham o‘tgan yilga nisbatan 1,6 baravar yuqori natijani ko‘rsatgan.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 21/10/2025