Kecha, 7-sentabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonga deportatsiya reysini amalga oshirib, AQSHda qonuniy qolish huquqiga ega bo‘lmagan 39 nafar O‘zbekiston fuqarosini qaytardi. Bu haqda AQSHning Toshkentdagi elchixonasi ma’lum qildi.
Diplomatik vakolatxona bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur parvoz AQSH chegaralarini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan harakatlar tizimining navbatdagi qismi hisoblanadi.
“AQSH noqonuniy immigratsiyaga barham berish, mamlakat chegaralari va fuqarolarini himoya qilishga qat’iy bel bog‘lagan. AQSHga noqonuniy kirib kelganlar qamaladi va deportatsiya qilinadi. Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston hukumatiga AQSHning deportatsiya jarayonlarini amalga oshirishdagi yaqin hamkorligi uchun o‘zining chuqur minnatdorligini yana bir bor izhor etadi”, — deyiladi xabarda.