O‘ktam Hamdamov favqulodda vaziyatlar vazirining raqamlashtirish va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlov prezidentning tegishli qarori bilan amalga oshirilgan.
O‘ktam Hamdamov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar “Kiberxavfsizlik markazi” davlat muassasasida bo‘lim boshlig‘i va boshqa mas’ul lavozimlarda ishlagan.