2026-yil 10-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi Podshoh Xolid xalqaro aeroportiga ballistik raketa uchirilishi oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi yengil jarohat oldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyev ma’lum qildi.
1977 va 1997-yillarda tug‘ilgan fuqarolarga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatilib, ular “Diriyah Hospital” shifoxonasiga olib borilgan. Tibbiy ko‘rik va zarur muolajalardan so‘ng ikkalasi ham shifoxonadan javob berilgan.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, hodisa vaqtida aeroport hududida bo‘lgan yana 20 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi jabrlanmagan.
Hozirda O‘zbekistonning Ar-Riyoddagi elchixonasi Saudiya Arabistonining tegishli idoralari bilan hamkorlikda vaziyatni kuzatib bormoqda. Fuqarolar bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan va zarur konsullik yordami ko‘rsatilmoqda.