O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi qabristonlarni obod qilish va ziyorat odoblari yuzasidan aholiga murojaat bilan chiqdi. Unda “Qabristonlarni obod qilish dolzarb oyligi” tashabbusi ilgari surildi.

Murojaatda qayd etilishicha, qabristonlar nafaqat dafn joyi, balki insonni tafakkurga chorlaydigan, hayotning o‘tkinchiligini eslatadigan va ma’naviy poklanishga undaydigan maskan hisoblanadi.

Shu bois ularni doimo toza, tartibli va obod saqlash zarurligi ta’kidlangan.

Ulamolar kengashi ayrim hududlarda qabristonlarning qarovsiz qolayotgani, qurigan o‘t-o‘lanlar vaqtida tozalanmayotgani hamda yo‘laklar ta’mirtalab holga kelib qolganiga e’tibor qaratgan.

Bunday holatlar marhumlar xotirasiga nisbatan befarqlik sifatida baholanishi qayd etilgan.

Murojaatda imom-xatiblar qabristonlarni asrashning diniy ahamiyatini keng tushuntirishga, masjidlarga yaqin qabristonlarni masjidlar qaramog‘iga olishga va ziyorat joylarini obodonlashtirishga чақирилган.

Shuningdek, qabristonlarda rayhon va boshqa xushbo‘y o‘simliklar ekish, ziyoratchilar uchun qulay yo‘laklar tashkil etish taklif qilingan.

Bundan tashqari, ziyorat vaqtida qabrlarga oyoq bosmaslik, marhumlar ҳақига duo қилиш, Qur’on tilovat etish va sadaqa berish kabi odoblarga amal qilish zarurligi eslatilgan.

Ulamolar kengashi yoshlar orasida ajdodlar xotirasiga hurmat va “Xotira va qadrlash” tushunchalarini mustahkamlash muhimligini ham qayd etgan.

Categorized in:

Mahalliy,

Last Update: 08/05/2026