O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo‘nab ketdi.
Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
Davlat rahbari 2025-yil 9-may kuni ham Moskvada Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tadbirlarida qatnashgandi.
Avvalroq Moskvada 2026-yil 9-may kuni o‘tkaziladigan paradda ishtirok etadigan xorijiy yetakchilar ro‘yxati e’lon qilingan edi.
Qizil maydondagi tantanali paradda quyidagi xorijiy yetakchilar ishtirok etishi kutilmoqda:
— Badra Gunba;
— Aleksandr Lukashenko;
— Txonglun Sisulit;
— Sulton Ibrohim;
— Robert Fitso. U avvalroq paradda shaxsan ishtirok etmasligini bildirgan;
— Alan Gagloyev;
— Sinisha Karan;
— Nenad Stevandich;
— Milorad Dodik.