AQSHning John Deere korporatsiyasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi, qurilish va o‘rmon xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu masala 24-mart kuni vazir Laziz Qudratov hamda kompaniya vitse-prezidenti Piter Saks boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilingan.

Muzokaralarda zamonaviy texnikalarni yetkazib berish, servis infratuzilmasini rivojlantirish va ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar uzoq muddatli hamkorlikdan o‘zaro manfaatdor ekanini tasdiqladi. Qayd etilishicha, kelgusida O‘zbekiston agrar sohasining samaradorligi va ekologik barqarorligini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalar ustida ishlar davom ettiriladi.

Categorized in:

Mahalliy, Texnologiya,

Last Update: 25/03/2026